Yiriklik moduli
Yiriklik moduli deb, qum, shagʻal (graviy) va ularning aralashmalari kabi donli materiallarning yiriklilik darajasini tavsiflovchi empirik oʻlchamsiz koʻrsatkichga nisbatan aytiladi.
Yiriklik modulini hisoblashda, standart elaklar orqali elaklangan materialning fraksion tarkibini aniqlash yoʻli bilan olingan maʼlumotlardan foydalaniladi, ularga koʻra yuqoriroqdan pastki elakka oʻtganda teshiklarning oʻlchami yarmiga kamayadi.
D.A.Abrams tomonidan, beton aralashmalari toʻldirmasini yiriklik va mayda modulli toʻldirma aralashmasiga koʻra tanlash uslubi taklif qilingan . Donli materialning fraksion tarkibini bitta raqamli qiymat bilan tasvirlash, koʻp maqsadlar uchun foydali ekanligini isbotlandi.
Yetishmovchi koʻrsatichining ahamiyati shundaki, yiriklik modulining bir xil qiymati, turli fraksion tarkiblarga ega boʻlgan materiallar uchun ham hisoblanishi mumkin. Umuman olganda, koʻrsatgichning past qiymati mayda donali material ekanligini koʻrsatadi.
Koʻpincha yuriklik moduli tushunchasi mayda donali materiallar uchun ishlatiladi. RFda yiriklik moduli faqatgina qumlarning tavsifi uchun qoʻllaniladi. Qurilish ishlarida foydalaniluvchi qum 0 — 3,5 oraligʻida modul qiymatga, yoʻl ishlari uchun ezilgan qum esa 3,8 dan ortiq modulga ega boʻlishi mumkin.
Yiriklik modulini hisoblash ishlari, foydalaniluvchi standart elaklardagi umumiy qoldiqlarning yigʻindisini 100 ga boʻlish yoʻli orqali amalga oshiriladi .
Yiriklik moduli aralashmasidagi materialning maʼlum yiriklik moduli belgisini har bir materialning oʻlcham moduli va aralashmadagi massa ulushining yigʻindisi sifatida hisoblash orqali topish mumkin .
Manbalar
uz.wikipedia.org