Yirik plan nima?
Ehtimol, har bir odam kinoda tasvir qay tariqa e’tiborga havola etilishiga e’tibor bergan bo’lsa kerak goh: voqealar yirik planda namoyish etilib, ularning ustiga “bostirib boriladi”, gohida esa yiroqdan suratga olinadi. Bu usullar operator ishi uchun majburiy amallarga aylandi. Istalgan film bir talay — uzun va qisqa sahnalardan tarkib topadi. Ularni ssenariynavislar to’qishadi, rejissyorlar esa amalga oshirishadi. Operatorning vazifasi esa — o’ynalayotgan voqealarning eng a’lo tasviriga erishish. Buning uchun u har xil planlardan foydalanadi; goho dekoratsiyani umumiy plan bilan ko’rsatadi, gohida kinoapparatni aktyor yuziga maksimal darajada yaqinlashtiradi. Aynan shu narsa yirik plandir. Uning ko’magida biz aktyor ko’zlaridagi yoshlarni, nozik kechinmalarni, umuman uning yuzida zuhur etadigan hamma narsani ko’ramiz. Tag’in bir professional termin mavjud — bu, amerikacha plan degani bo’lib, unda bosh qahramon butun bo’y-basti bilan ko’rsatiladi. Nihoyat, operator shuningdek keng qamrovli suratga olishdan va harakatlanuvchi kamera bilan suratga olish, ya’ni ustiga bostirib borishdan istifoda etadi. Operator va rejissyor ba’zida topqirlik mo’jizalarini namoyish etishadi. Kamera rels bo’ylab harakatlanayotgan aravachaga ilingan, kran xartumiga osilgan, eskalatorning harakatlanayotgan lentasiga, osma ko’prikka, vertolyotga o’rnatilgan, askar qalpog’iga tang’ilgan bo’lishi ham mumkin.
Manba
Mo’jiza kitobning 3-jildi
Uzpedia.uz