YILQICHI
YILQICHI (Burhinus oedicnemus) — rjankasimonlar turkumining yilqichilar oilasiga mansub qush. Shomda va tunda faol hayot kechiradi. Yerda yaxshi yuguradi va uchadi. Siyrak o’simlikli qumli cho’l va sahrolarda, ochiq landshaftlardagi suv bo’ylarida yashaydi. O’zbekistonga bahorda uchib keladi; kuzda issiq mamlakatlarga uchib ketadi. Yerdagi uyaga 2 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarni nari va modasi 4 hafta bosadi. Jo’jalari 1,5—2 oydan so’ng ucha boshlaydi. Asosan, qo’ng’izlar, to’g’ri qanotlilar va boshqa hasharotlar hamda sudralib yuruvchilar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz