Yillar armoni




„Yillar armoni“ , toʻliq nomi „Yillar armoni: Sheʼrlar va dostonlar“ — oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1984-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallifning eng mashhur sheʼrlari va dostonlari kiritilgan.

Toʻplam kirish soʻzini Matyoqub Qoʻshjonov yozgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: B. Norboyev – muharrir, V. Loginov – rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, S. Tohirova – musahhih. Kitob adadi – 35 000 nusxa.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz