YIL HISOBI



YIL HISOBI — katta vaqt oraliqlarini hisoblash tizimi. Yil hisobining ko’pgina tizimlari biron tarixiy yoki afsonaviy hodisadan boshlangan. Xristian cherkovi Yil hisobi boshlanishini afsonaviy Iso Masihning tug’ilishi bilan belgilagan. Mazkur Yil (yangi milod) tizimi hozirgi ko’pgina mamlakatlarda qabul qilingan, Islomga e’tiqod qiluvchi xalqlarda Yil hisobi milodiy 622 yil (Muhammadning Makkadan Madinaga ko’chib o’tgan vaqti) dan boshlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz