Yigit




1.Jinsiy va jismoniy jihat-dan voyaga yetgan erkak. ◆ Ularning biri yigirma yoshlardagi qotma, xipcha yigit edi. I. Ra-him, «Chin muhabbat» .[1]

2. Umuman, yosh erkak, yosh kishi. ◆ Mana shu yerda MTS tashkil qilishdi-yu, bunga o'sha paxta zavodida ishlaydigan bir yigit katta-kon bo'lib keldi. A. Qahhor, «Qo'shchinor chirokdari» .

3. ko'chma: Er kishi, jasur odam, mard. ◆ Yigit so'zidan qaytmas, arslon — izidan. Maqol . ◆ Er yigit boshiga ish tushganda sina-lar. Maqol . ◆ Yigitning moli yerda. Maqol .

4. s. t. (egalik qo'shimchasi bilan) Qizning ko'ngil qo'ygan kishisi, sevgilisi. ◆ Hoy, menga qara, seningcha, yigiti bor qiz birov bilan gaplashmaydimi? Shuhrat, «Shinelli yillar» .

5. Biror harbiy to'daga, guruhga mansub bo'lgan erkak kishi. ◆ Oradan uch-to'rt daqiqa o'tgandan keyin, Kamolon tarafidan bir yuz chamalik sarkarda va yigitlari bilan Azizbek ko'rindi. A. Qodiriy, «O'tgan kunlar» .[2]

6 O'ziga nisbatan yoshi kichik kishiga murojaat qilishda qo'llanadi. ◆ Yigit, bu yo'l qayoqqa olib boradi ? n ◆ Hay, o't yigit, haligi so'zlaring oltinga arziydi... Oybek, «Tan-langan asarlar» .[3]

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz