Yevrovalyuta
Yevrovalyuta -Yevropa bankining boshqa mamlakat bankiga mahalliy valyutada qoʻyilgan pul mablagʻi.
Yevrodollar
Yevrodollar-Oʻz egalari tomonidan AQSh hududidan tashqarida, asosan Yevropa banklarida joylashtirilgan hamda ushbu banklar tomonidan kredit operatsiyalari uchun ishlatiladigan Amerika dollari.
Yevrokreditlar
Yevrokreditlar-Mamlakatning yirik tijorat bankalri tomonidan yevrovalyuta bozori resurs hisobiga taqdim etiladigan xalqaro zayomlar .
„Yevropa Kengashining jinoiy faoliyatidan keladigan daromadlarni olib chiqib ketilishini aniqlash, tortib olish vva musodara qilish haqida Konvensiya“
Yevropa Kengashining jinoiy faoliyatidan keladigan daromadlarni olib chiqib ketilishini aniqlash, tortib olish va musodara qilish haqida Konvensiya 1990-yilda qabul qilingan. Unga muvofiq, daromadlarini noqonuniy olib chiqib ketish bilan bogʻliq jinoyatlarga quyidagi atayin sodir etilgan holatlar koʻzda tutilgan:
1)Jinoyatdan tushgan daromad ekani maʼlum boʻlgan moddiy boyliklarning, ularning noqonuiy kelib chiqishini yashirish yoki oʻzga bir shaxsga sodir etgan ishningn yuridik oqibatlaridan(mas.,mol-mulk musodarasi)qochishga yordam berish maqsadida konversiya qilinishi yoki kimgadir oʻtkazib berilishi;
2)Daromadning kelib chiqish manbai noqonuniy ekanini bila turib yashirish yoki notoʻgʻri maʼlumot berish;
3)Jinoiy yoʻl bilan topilganligi maʼlum boʻlgan boyliklarni sotib olish, ularga egalik qilish yoki ulardan foydalanish;
4)Davlatlar jinoyat qurollari va noqonuniy daromadlarni musodara qilish chora tadbirlarni koʻrish majburiyatini oladi. Ishtirokchi davlatlarning sudlari va boshqa vakolatli organi daromadlarning noqonuniy olib chiqib ketilishi bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy yoki boshqa hujjatlatlarni(bu holatda bank sirini bahona qiish mumkin emas)xatlash huquqiga ega boʻlishi lozim.
Yevropa konserti
„Yevropa konserti“-Napoleon urushi tugashi bilan Buyuk Britaniya,Prussiya va boshqa Yevropa dalatlari tomonidan 1815-yil Vena kongressi asosida vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizmi boʻlib, xalqaro muammolar oldini olishga va ularni hal etishga qaratilgan.
Yerdagi razvedka
Yerdagi razvedka-yerdagi boʻlinma va qismlardan radio, radiotexnika, radiolokatsiya-radiatsion kimyoviy hamda bakteriologik(biologik)razvedka vositalarini qoʻllash orqali maʼlumotlar toʻplash.
Yer resurslari
Yer resurslari-Yer resurslari ishlab chiarish vositalari va jamiyatning turli xoʻjalik ehtiyojlarini qondirish manbai sifatida hamma foydalanadigan yer zaxiralari
.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org