Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi




Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi ( YOII ) — 29-may 2014-yilda tashkil etilgan iqtisodiy ittifoq. Ushbi ittifoqga Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston davlatlari kiradi. Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi aʼzo davlatlarning bir-biri bilan xalqaro va oʻzaro birlikni kuchaytirishni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston Iqtisodiy ittifoqqa qoʻshilishda ikkilanmoqda, Oʻzbekiston amaldorlari integratsiya istiqboliga qarshi daʼvolar bildirmoqdalar. Mamlakat bugungi kunga qadar iqtisodiy va siyosiy integratsiyani amalga oshirmaslikni afzal koʻrmoqda. Rossiya amaldorlari ushbu mamlakat bilan integratsiyalashuv sust boʻlishini taʼkidladilar va tahlilchilar Rossiyaning taʼsiri hamda Qirgʻiziston va Tojikistonda savdo-sotiqning kuchayishi bilan Oʻzbekistonning kelajakda qoʻshilishi mumkinligini aytmoqdalar. Rossiya integratsiyalashuv jarayonini davlatning $865 million miqdoridagi qarzini oʻchirib yuborishini eʼlon qilganida boshlagan. Oʻzbekiston MDHning erkin savdo hududiga 2014-yilda qoʻshilgan boʻlib, mamlakat YOIIga aʼzo davlatlar bilan erkin savdo qiladi. Ayrim manbalarga koʻra, Oʻzbekiston YOIIga toʻlaqonli aʼzo boʻlib kirmoqchi emas. Chunki, Oʻzbekistonning amaliy betarafligi mamlakat qonunchiligida mustahkamlanib qoʻyilgan.

Aʼzo davlatlar




Moldova 2017-yilning aprelida kuzatuvchi maqomini oldi.

Oʻzbekiston va Kuba 2020-yilning 11-dekabrida kuzatuvchi maqomiga ega boʻlishdi. 2021-yil dekabrda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlaridan soʻng, Oʻzbekiston 2022—2023-yilga qadar toʻlaqonli aʼzo boʻlishi kutilmoqda.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz