Yevrosiyo




Yevrosiyo , Yer sharidagi eng katta materik boʻlib, tarkibi Yevropa va Osiyo qitʼalaridan iborat. Yer maydoni 55 million km, shundan 2,75 million km'i orollar hisoblanadi. Materikning uzunligi gʻarbdan sharqqa 16 ming km, eni shimoldan janubga 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Dejnev burni. Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6%'i toʻgʻri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74%'i yashaydi. Aholisi 5,2 milliard kishi (19-oktabr 2017).

Yevrosiyoning janubi-sharqidagi bir qancha orollar janubiy yarimsharda joylashgan. Yevrosiyoni gʻarbdan Atlantika okeani, shimoldan Shimoliy Muz okeani, janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari oʻrab olgan. Yevrosiyo eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi „Buyuk Ipak yoʻli“ning ahamiyati katta boʻlgan. Quruqlikning yaxlitligi, koʻpgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy tarixiy hodisalarning oʻxshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. „Yevrosiyo“ tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga 1883-yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi.

Yevroosiyo yer yuzasidagi eng katta eng baland materik (8848). Shimoliy yerimsharning sovuqlik qutbi mavjud. Yevroosiyo hududida sakkiz minglik 14 ta choʻqqining barchasi joylashgan. Qor chizigʻi eng balanddan oʻtgan joy balandlik qutbi (6400 m,Markaziy Tibet) shu yerda. Eng chuqur va eng katta koʻli bor, eng uzun lianalar (300) ham shu yerda oʻsadi.

Geografik oʻrni



Yevroosiyo materigi Shimoliy yarimsharda toʻliq joylashgan (Malayya arxipelagining ayrim orollari ekvatordan janubda). Yevropa atamasi qadimgi finikiyaliklarning (assiriya) Yerep — gʻarb va Osiyo atamasi Osu esa sharq soʻzlaridan kelib chiqqan. Yevroosiyo materigi sharqda Bering boʻgʻizi orqali Shimoliy Amerikadan gʻarbda Gibraltar boʻgʻizi uni Afrikadan ajratib turadi. Yevroosiyoning Atlantika va Tinch okean qirgʻoqlari kuchli parchalangan. Materik atrofida minglab orol va koʻplab yarimorollar joylashgan.

Oʻrganilish tarixi



Yevroosiyo eng qadimgi svilizatsiya markazi hisoblanadi. Materik toʻgʻrisidagi dastlabki geogrfik maʼlumotlar qadimgi faylasuf, tabiatshunos allomalardan Gerodot (er. Av. 485-425 -yillar) Geraklit , Strabon, Aflotun, Ptolomey va boshqalarning asarlarida berilgan. Yevroosiyoning ichki oʻlkalarini oʻrganishda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning (783-850-y.) boshchiligida 70 ga yaqin olimlar Jahon xaritalari ni tuzishgan. Zahiriddin Bobur Boburnoma asarida Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Hindiston hududining aholisi, xoʻjaligi haqida qimmatli malumotlar yozib qoldir.gan.

Geologik tuzilishi



Geologik jihatdan Yevroosiyo qadimgi mustahkam platformalardan va ularni tutashtiruvchi turli yoshdagi burmali mintaqalardan tashkil topgan. Qadimgi Lavraziya materigining parchalanishidan Yevroosiyo va Shimoliy Amerika ajralgan (65 million yil muqaddam). Hozirgi vaqtda Yevroosiyo materigida ikkita faol geosinklinal mintaqa bor: Alp-Himolay va Tinch okean olovli halqasi . Bu mintaqalarda harakatdagi vulqonlar, dahshatli zilzilalar tez-tez boʻlib turadi.Bu mintaqa togʻlari yosh, burmali, palaxsali togʻlar boʻlib, baʼzi joylarda zanjirli tizimlarni (Alp-Himolay), boshqa joyda togʻ tugunlarini (masalan Tibet, Pomir) hosil qiladi. Alp-Himolay geosinklinal mintaqasining Oʻrta dengiz qismida Etna, Strombolli, Vezuviy kabi harakatdagi vulqonlar, bizning oʻlkmiz — Oʻrta va Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli zilzilalar (Ashxobod — 1948, Toshkent — 1996, Hindukush — 2002, Eron — 2003 ba b.) bor. Bular yer poʻstining faolligidan dalolat beradi.

Tuproqlari




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz