Yevropa og'ir atletika federatsiyasi
Yevropa ogʻir atletika federatsiyasi (inglizcha: European Weightlifting Federation, qisqartma.
EWF ) — ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatlarini boshqaruvchi va tashkil etuvchi tuzilma. 49 ta milliy federatsiyani birlashtiradi. Yevropa mamlakatlarida Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) vakili. EWF kotibiyati Istanbulda (Turkiya) joylashgan. 2008-yildan beri EWF prezidenti Antonio Urso (Italiya) hisoblanadi.
Tarixi
Birinchi marta chempionatlarni oʻtkazish va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish uchun mas’ul boʻlgan qitʼa federatsiyasini yaratish tashabbusi 1948-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Olimpiya kongressida IWF vitse-prezidenti Ditrix Uortman tomonidan ilgari surilgan. Ushbu taklifdan uch yil oʻtib, 1951-yilda Panamerika ogʻir atletika konfederatsiyasi, yana 7-yildan keyin esa Osiyo ogʻir atletika federatsiyasiga asos solindi.
Yevropa ogʻir atletika federatsiyasiga 1969-yil 20-sentyabrda Varshavada (Polsha) jahon va Yevropa birlashgan chempionatlarioʻtkazilayotgan paytda asos solingan va Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasiga aʼzo boʻlgan 19 ta milliy Yevropa assotsiatsiyasini oʻz ichiga olgan. EWFning birinchi prezidenti Yanush Przedpelski (Polsha) boʻlgan. Hozirgi vaqtda u 49 ta milliy federatsiyani birlashtiradi (shundan 3 tasi EWFning assotsiatsiyalangan aʼzolari va 1 tasining faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan).
EWF prezidentlari
EWFning tuzilishi
EWF Ijroiya kengashi
Rasmiy musobaqalar
Yevropa ogʻir atletika federatsiyasi oʻz faoliyati doirasida har yili quyidagi turnirlarni tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadi:
EWF aʼzolari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org