Yevropa Ittifoqi sudi
Yevropa Ittifoqi sudi — Yevropa Kengashi, Kengash, Komissiya va Evroparlament oldida Yevropa Ittifoqi sudi haqiqiy professional yuridik organ hisoblanadi.
Agarda uning institutsiyaviy organlar orasidagi vazifasi haqida qisqacha gapirganimizda, hech ikkilanmasdan Yevropa ittifoqi sudini hamjamiyatlar huquqiy tizimini boyitib kelayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida eʼtirof etishimiz mumkin.
Shartnomalarga binoan, Yevropa ittifoqi sudining vazifalari quyidagilardan iborat :
1) siyosiy qiziqishlar va aʼzo mamlakatlar tqrafidan vujudga kelishi mumkin boʻlgan tazyiqlardan farqli oʻlaroq, Yevropa ittifoqining barcha hududlarida huquq qoʻllanilishini kafolatlash;
2) aʼzo davlatlar, hamjamiyat, uning institutlari oʻrtasidagi tortishuvlarni hal qilishda muhim vazifani bajarish;
3) hamjamiyat huquqini aʼzo davlatlarga bir xilda targʻibot qilinishi va qoʻllanilishini taʼminlash. Sud tarkibi 15 kishidan iborat boʻlib, ular Yevropa ittifoqiga aʼzo davlatlarning umumiy roziligi bilan tayinlanadi.
Ittifoq doirasida qabul qilingan shartnomalarga binoan, sudyalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodlqr betaraf, oʻz mamlakatlari sud tizimining yuqori lavozimlarida koʻp yillar mobaynida ishlagan yoki huquqning yuksak darajadagi talqini boʻyicha bir qancha amaliy va ilmiy ishlarni ado etgan shaxslar boʻlishi kerak.
Sudyalar 6 yil muddatga tayinlanib, har uch yilda tartib bilan oʻzgartirib turiladi. Vakolt muddati tugagan sudya oʻz lavozimiga qaytadan saylanish huquqiga ega va bu hol ittifoq sudida tez- tez uchrab turadi. Sudyani biron-bir aʼzo davlat oʻz lavozimidan chrtlashtira olmaydi, lekin sudya qolgan barcha sudyalar va bosh advokatlar qaroriga binoan lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.
Bunga sabab boʻlib „kerakli talablarni bajarmaslik yoki hizmat vazifalarini bajatishga nisbatan malakasizlik“ xizmat qilishi mumkin. Biroq hozirgi kungacha amaliyotda bu holat qoʻllanilgan emas. Yashirin ovoz berish yoʻli bilan sudyalar oʻz tatkibidan uch yillik muddtaga sud raisini saylashadi. U sudning tashkiliy va maʼmuriy ishlarini tashkillashtiradi va toʻla tarkibdagi yigʻilishlarni oʻtkazishni amalga oshiradi.
Oʻz lavozimiga tayinlanar ekan, sudya bajarayotgan ishiga nisbatan adolatli va halol boʻlishga hamda sud majlisi sirlarini saqlshga qasamyod qiladi. Vazifasini amalga oshirish davomida sudya biron-bir siyosiy yoki maʼmuriy lavozimlarda ishlashi hamda Yevropa Kengashining rozilihisiz foyda olish bilan bogʻliq oʻzga ishlar bilan ham shugʻullanishi mumkin emas, akademik faoliyat olib borish bu qoidadan mustasnodir. Ular oliy ilm dargohlarida maʼruzalar oʻqishlari va maqolalar chop etishlari mumkin.
Manbalar
uz.wikipedia.org