Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (inglizcha: European Economy Community; qisqartmasi
YIH ) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957-yilda Rim shartnomasiga koʻra tuzilgan, baʼzida „Umumiy bozor“ deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot aʼzosi boʻlgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973-yildan), Gretsiya (1981-yildan), Ispaniya, Portugaliya (1986-yildan) qoʻshilgan. YEIH qitʼada — iqtisodiy taraqqiyot darajasini koʻtarish yoʻli bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993-yil Yevropa Ittifoqiga tarkibiy qism boʻlib kirdi.
Aʼzolari
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
uz.wikipedia.org