YEVROPA HAMJAMIYATLARI
YEVROPA HAMJAMIYATLARI – G’arbiy Yevropa mamlakatlarining davlatlararo birlashmasi; G’arbiy Yevropa mintakaviy tashkilotlari (Yevropa iqtisodiy hamjamiyati, Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi hamda atom energiyasi bo’yicha Yevropa hamkorligi)ning umumiy nomi. 1957 yilda Rimda imzolangan maxsus konventsiyaga asosan Yevropa hamjamiyatlarining yagona Yevropa parlamenti Assambleyasi (1962 yildan Yevropa parlamenti) ta’sis etildi. 1967 yildan Yevropa hamjamiyatlarining Vazirlar Kengashi Strasburda va komissiyalari Bryusselda joylashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz