Yevronazorat
Yevronazorat (inglizcha: EUROCONTROL) —
Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti , 1960-yilda tashkil etilgan. Asosiy maqsadi Yevropa Yagona osmon loyihasi doirasida havo harakatini boshqarishning umumevropa tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Yevronazorat „uzluksiz“, umumevropa havo harakatini boshqarish tizimi ustida ishlamoqda.
Yevronazorat jamoat tashkiloti boʻlib, hozirda 41 davlat aʼzo. Bosh qarorgohi Bryussel shahridagi Haren shaharchasida joylashgan.
Tashkilot aʼzolari
Tashkilotga 41 davlat, jumladan Albaniya, Armaniston, Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Xorvatiya, Kipr, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Moldova, Monako, Chernogoriya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Sobiq Yugoslaviya: Makedoniya Respublikasi, Turkiya, Ukraina, Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya. Ikki davlat: Marokash, Isroil bilan keng qamrovli shartnomalar imzolash arafasida.
Tashkilot funksiyalari
Yevropa Komissiyasi
Yevronazorat kompaniyasiga Yevropa Yagona osmon loyihasi doirasida tartibga soluvchi sifatida harakat qilish huquqini bergan. Yevronazorat butun Yevropa uchun havo harakatini boshqarishni muvofiqlashtiradi va rejalashtiradi, buning uchun Yevropa havo hududining funksional bloklari tizimi yaratilmoqda. (inglizcha: FABs). Bunga milliy hokimiyat organlari, aeronavigatsiya xizmati provayderlari, fuqarolik va harbiy havo kengliklaridan foydalanuvchilar, aeroportlar va boshqa tashkilotlar bilan ishlash kiradi. Uning faoliyati „darvozadan darvozagacha“ boʻlgan barcha operatsiyalarni oʻz ichiga oladi (inglizcha: gate-to-gate). Aeronavigatsiya xizmatlari: strategik va taktik oqimlarni boshqarish, havo harakatini boshqarish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash, xavfsizlik texnologiyalari va protseduralari bilan jihozlangan mintaqaviy havo kengliklarini boshqarish va aeronavigatsiya toʻlovlarini yigʻishni oʻz ichiga oladi.
Yevropa parvozlarni boshqarish yechimlari
2014-yil 31-mart kuni Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti havo hududi foydalanuvchilariga Ukraina hukumati tomonidan Simferopol aeroportiga (UKFF kodi) va Sevastopol aeroportiga (UKFB kodi) parvozlarni amalga oshirishga qo‘yilgan taqiqlar haqida maʼlum qildi va 2014-yil 17-iyulda Donetsk yaqinida Boeing 777 halokati munosabati bilan Ukraina sharqida havo hududida parvozlar taqiqlangan.
Kirish sanasi boʻyicha aʼzolar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org