Yevrojust




Yevrojust  — Yevropa Ittifoqining sud tizimi bilan shugʻullanuvchi agentligi.

Yevrojust har bir Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatdan teng vakolatlarga ega boʻlgan prokurorlar, sudyalar yoki politsiya xodimlaridan iborat. Uning vazifasi transchegaraviy va uyushgan jinoyatchilikni tergov qilish va taʼqib qilishda milliy hokimiyat organlarining samaradorligini oshirishdan iborat.

Tarixi



Yevrojust Yevropa Kengashining 1999-yil 15-16-oktyabrda Tampere shahrida eʼlon qilingan qarori bilan tashkil etilgan. Kengash og‘ir jinoyatlarga qarshi kurashishni takomillashtirish maqsadida doimiy faoliyat yurituvchi sudyalar hamkorligi organini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2000-yil 14-dekabrda Yevropa Ittifoqi Kengashi rasmiy ravishda Pro-Yevrojust deb nomlangan sud-huquq sohasidagi hamkorlik boʻyicha vaqtinchalik tashkilotni tuzdi. Ushbu tashkilot Yevrojust konseptsiyasini ishlab chiqqan barcha Yevropa Ittifoqi davlatlarining prokurorlari uchun „davra suhbati“ edi. Pro-Yevrojust 2001-yil 1-martda ish boshlagan, Yevrojust esa 2002-yilda tuzilgan.

Vazifalar



Yevrojust oʻz faoliyatini alohida milliy aʼzolar yoki butun tashkilot orqali amalga oshirishi mumkin. Kengashning 2002-yil 28-fevraldagi qarori bilan agentlik bir qator maqsad va vazifalarni belgilab oldi

Yevrojust Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlarning huquqni muhofaza qilish organlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.

Tuzilishi



Agentlik tuzilishi:

Kelajak



2007-yilda Yevrokomissiya Yevrojust vakolatlarini oshirishni taklif qildi. Ushbu takliflar milliy vakillarning hozirgi vaqtda turlicha boʻlgan vakolatlarini minimal vakolatlar toʻplamini yaratish bilan uygʻunlashtirishni oʻz ichiga olgan. Aʼzolar terroristik hujumlar, jinoyatchilar, ularning DNKsi va boshqalar haqidagi milliy maʼlumotlar bazalariga avtomatik ravishda kirish huquqiga ega boʻladi. 2009-yilda Vatikan Yevrojustga qoʻshilishi eʼlon qilingan edi. 2007-yilda transchegaraviy jinoyatlar 2006-yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Bu davlatlarni Yevrojust bilan yaqinroq hamkorlik qilishga undaydi. Yevrojust Lissabon shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlajak Yevropa prokurorining idorasi sifatida koʻriladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz