YEVKLID,Yevklid (Eukleides) (miloddan avvalgi 3-asr) — yunon matematigi; matematika, optika, mexanika, musiqaga oid asarlar muallifi. Yevklid asli tir (Livan)lik bo’lib, Iskandariyada yashab, ijod etgan va u yerda o’z ilmiy maktabini yaratgan. Asosiy matematik asari — “Negizlar”. Unda Yevklid o’zigacha Yunonistonda to’plangan boy matematik materialni mantiqiy tartibga tushirgan, matematikaning kelgusi taraqqiyotiga asos solgan. Bu asar matematika taraqqiyotida muhim o’rin tutdi. “Shakllarni bo’laklarga bo’lish to’g’risida” asarining Arabcha tarjimasi saqlanib qolgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish