Yevgeniya Sokolova




Yevgeniya Ivanovna Sokolova (1910.31.5, Xarkov - ?) - Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Kuybishev drama teatri qoshidagi studiyani tugatgan (1930). Urush qatnashchisi. 1946— 86 yillar Samarqand rus drama teatrida aktrisa. Yuqori aktyorlik texnikasi, sahna madaniyati, chuqur psixologik kechinmada ifodalash va kuchli ehtiros S. ijodiga xos. "Irkutsk voqeasi" (A.Arbuzov)da Larisa. "Terezaning tugʻilgan kuni" (G.Mdivani)da Tereza, "Qoidasiz oʻyin" (L.Sheynin)da Marfa, "Oʻgay ona" (O.Balzak) da Gertruda, "Vanya togʻa" (A.Chexov)da Marina kabi obrazlar yaratgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz