Yevgeniya Karimova
Evgeniya Sergeyevna Karimova ( 1989-yil 12-iyun, Oʻzbekiston SSR ) — oʻzbek taekvondochisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. XXIX yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati va Osiyo o‘yinlari sovrindori.
Sport faoliyati
U 2005-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladi. Ostonadagi o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritadi. 2006-yilda Dohada (Qatar) o‘tkazilgan yozgi Osiyo o‘yinlarida 72 kg dan yuqori vazn toifasida u finalda ikki karra Olimpiya chempioni xitoylik Chen Chjunga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ladi.
2007-yilda Xoshimindagi (Vetnam) tayekvondo bo‘yicha Osiyo mintaqasi uchun saralash turnirida bronza medalini va Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. U taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida omadsiz chiqish qiladi va medallar uchun kurasha olmaydi. 2008-yilda Pekinda (Xitoy) o‘tkazilgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida 67 kg dan yuqori vazn toifasida u birinchi raundda Malayziya vakili Che Chyu Changa mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi chiqishini yakunlaydi. 2009-yilda Kopengagenda (Daniya) bo‘lib o‘tgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida unga yana omad kulib boqmaydi . Bangkokdagi (Tailand) jang san’ati bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida esa kumush medal sohibasiga aylanadi .
2010-yilda Guanchjoudagi (Xitoy) yozgi Osiyo o‘yinlarida 73 kg dan yuqori vazn toifasida yarim finalda xitoylik Lyu Ruiga imkoniyatni boy berib, bronza medaliga erishadi . Ostonada (Qozog‘iston) o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida u finalda koreyalik taekvondochi Ox Xey Riga yutqazib, kumush medal oladi.
2011-yilda Yevgeniya 2012-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlari saralash turnirida taekvondo bo‘yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz chiqishidan so‘ng, ya’ni, 1/16 final borib mag‘lubiyatga yuz tutadi va sport faoliyatini nihoyalaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org