Yevgeniy Zlobin




Yevgeniy Konstantinovich Zlobin (1898.21.1, Saratov sh.— 1959.7.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Sahna faoliyatini 1918-yil Saratov teatrida boshlagan. Tbilisi, Boku, Kozon, Samara teatrlarida ishlagan. 1938-yildan Gorkiy nomidagi Toshkent teatri aktyori. Zlobin komediya janridagi va dramatik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Eng yaxshi rollari: Firs ("Olchazor"), Mamayev ("Har toʻkisda bir ayb"), Karaulov ("Begona bola"), Zemlyanika ("Revizor"), Shmaga ("Aybsiz aybdorlar"), Ivan Ivanovich ("Katta muhabbat") va boshqa.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz