Yevgeniy Yurkevich
Yevgeniy Nikolayevich Yurkevich (1936-yil noyabr, Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Denov shahri) — sovet futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiya
Rus, komsomol aʼzosi. 1955—1958-yillarda Sovet armiyasida xizmat qilgan.
Futbolchilik faoliyatini „Elektrostal“ jamoasida boshlagan. 1960-yilda u Perm Zvezdaga transfer qilinadi. 1960—1961-yillarda u „Kimyogar“ Berezniki jamoasida oʻynadi. Jamoda u viloyat chempionatida gʻolib chiqadi va Odessadagi Butunittifoq qishloq oʻyinlari gʻolibi boʻladi. Keyingi yili u Sverdlovsk Uralmash jamoasida tarkibida oʻynaydi. Yevgeniy jamoa tarkibida toʻliq mavsumni oʻtkazadi. Barcha turnirlarda 29 ta oʻyinda maydoga tushadi va 13 ta gol uradi.
1963-yilda u Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga oʻtadi. Oliy ligada ikkita oʻyin oʻtkazadi. 1963-yil 1-iyunda u Torpedoda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻladi. Ammo tez orada 31-avgustda oʻz xohishi bilan ishdan boʻshaydi.
1964—1965-yillarda u Qaragʻandaning „Shaxtyor“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Chempionatda 75 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urgan. 1964-yilgi mavsumda u jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan . Keyinchalik u Yaroslavl „Shinnik“, Kishinyov „Avyntul“, Balashixa „Mashinostroitel“ va „Kolos“ Pavlovskaya kabi jamoalarda oʻynagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org