Yevgeniy Teryaev




Yevgeniy Dmitrievich Teryaev (1934-yil 14-dekabr, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR — 2012-yil 10-fevral, Moskva, Rossiya Federatsiyasi) — avtomatik boshqaruv nazariyasi boʻyicha sovet va rus olimi, SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1987).

Biografiya



1958-yilda Moskva aviatsiya institutini tamomlagan.

Texnika fanlari doktori, professor, MIREA Kibernetika fakulteti Avtomatik tizimlar kafedrasi mudiri sifatida foliyat olib borgan. Ilmiy faoliyatning asosiy yoʻnalishlari: statsionar boʻlmagan tizimlarni avtomatik boshqarish nazariyasi va moslashtirilgan raqamli boshqaruv tizimlari. 1971 yilda Teryaevga katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berildi.

Yevgeniy muhandislik va ilmiy kadrlar tayyorlashga katta ahamiyat berdi. Ikkita fan doktori va besh nafar fan nomzodini tayyorlagan. Oliy taʼlimdagi ilmiy va oʻqituvchilik faoliyatiga katta hissa qoʻshgan. 1981-yildan u „Texnik kibernetika“ kafedrasi professori boʻlib ishlagan, unga avtomatik boshqaruv sohasidagi eng yirik olim, akademik Igor Mixaylovich Makarov rahbarlik qilgan. 1982-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. Uning rahbarligida kafedra talabalari texnik tizimlarda boshqaruvni oʻrgandilar. Bu fan va texnologiya sohasini oʻz ichiga oladi.

1987-yilda SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylangan, 1991-yildan Rossiya fanlar akademiyasi Energetika, mashinasozlik, mexanika va jarayonlarni boshqarish boʻlimida faoliyat olib borgan. Rossiya fanlar akademiyasi Prezidiumi bosh ilmiy kotibining oʻrinbosari etib saylandi. 2002-yildan Teryaev umrining oxirgi kunlarigacha Rossiya Fanlar akademiyasining maslahatchisi sifatida murakkab dinamik tizimlarni boshqarish muammolari laboratoriyasini boshqargan.

U 2012-yil Moskvada Vvedenskoye qabristoniga dafn etilgan.

Adabiyot




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz