Yevgeniy Sklyarevskiy




Yevgeniy Semyonovich Sklyarevskiy (ruscha: Евгений Семенович Скляревский; 20-oktabr, 1956-yil; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik taniqli jurnalist va bloger. Oʻzbekistonning eng taniqli blogerlaridan biri. Qator internet loyihalar muallifi.

Yevgeniy Sklyarevskiy 1973-1978-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. 20 yil davomida aviatsiya zavodida murakkab detallar ishlash boʻyicha texnolog-hisobchi boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinroq 5 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining „Maxsus avariya — tiklash boshqarmasida“ (MATB) buxgalteriya, mulk hisobchisi va saytida faoliyat yuritdi. 2003-yilning oktabr oyidan Uzdunrobitada sistema va informatsion texnologiyalar xizmatida mutaxassis lavozimida, 2004-yilning avgustidan „Infocom.uz“ jurnalida faoliyat yuritishni boshlagan.

1998-yildan kompyuterlar haqidagi turli jurnallarda, jumladan Oʻzbekistonning „Kompyutel“, „Infocom.uz“, Rossiyaning „Hard’nʼSoft“, „Kompyuterra“ va „Domashniy kompyuter“ jurnallarida maqolalari chop etila boshlagan.

2000-yildan „Arbuz — zanimatelniy mir“ loyihasini olib boradi. 2005-yilda „Domen-uz“ loyihasi bilan „ROTOR“da „Yil tadqiqotchisi“ nominatsiyasida uchinchi oʻrinni, 2006-yilda esa ikkinchi oʻrinni egallagan.

Yevgeniy Sklyarevskiy shuningdek qator internet loyihalar muallifi. Ushbu loyihalar: „Provayderi Tashkenta“, „Izumrudniy gorod“, „Chistaya lenta novostey“, „Barbaris“, Blog „Arbuzniy“, „Pisma o Tashkente“, „Tsellofan Uzneta“, „Domen-uz“, „Informatsionniy bum“, Studiya „ETYuD“, „Moya sitoembriologiya“, „Xlopkovodstvo“.

Sklyarevskiy Vikipediyada ishtirok etmasada, ushbu loyihaga katta qiziqish bilan qaraydi. U Vikipediyani, xususan oʻzbekcha Vikipediyani tahrir qilishga va uni toʻldiriga undab keladi. Ushbu fikrlarning birida U: "Oʻzbekcha Vikipediya hozir Vikipediya boʻlimlari ichida 95-oʻrinni band etib turibdi va bizdan yuqori oʻrinlarni umuman hech kim bilmaydigan „yovvoyi“ tillar egallagan" deb aytgan edi. Bir necha marotaba baʼzi Oʻzbekistonlik vikipediyachilardan radiointervyular olgan. Yevgeniy Sklyarevskiy 2007-yilda oʻzbekcha Vikipediyaning ilk majlisida jurnalist sifatida qatnashgan edi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz