Yevgeniy Shoxin
Yevgeniy Nikolayevich Shoxin (ruscha: Николаевич, Шохин Евгений; 17-avgust, 1952-yil, Oʻzbekiston SSR) – SSSR va Oʻzbekistonning sobiq futbolchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubida futbol murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.
Faoliyati
Futbolchilik faoliyati
Yevgeniy faoliyatini Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida boshlagan. Fargʻona jamoasi tarkibida besh mavsum davomida toʻp surganidan soʻng 1976-yilgi mavsumda SSSR Birinchi Ligasi ishtirokchisi Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. "Paxtakor jamoasida bir mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 1977-yilgi mavsumda yana Fargʻonaga, „Neftchi“ jamoasi tarkibiga qaytgan. Neftchi jamoasi tarkibida 1979-yilgi mavsumgacha toʻp surgan. 1980-yilgi mavsumda Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi safiga oʻtgan. Faoliyatini 1982-yilgi mavsumda Toʻrqoʻrgʻonning „Yoshlik“ jamoasida yakunlagan. Yevgeniy faoliyati davomida himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
Yevgeniy murabbiylik faoliyatini „Neftchi“ jamoasida 1988-yilgi mavsumda bosh murabbiy Yuriy Sarkisyanga yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. 2013-yilgi mavsumda Yuriy Sarkisyan bosh murabbiylik vazifasidan ozod etilganidan soʻng bir muddat jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiylik qilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org