Yevgeniy Polanski




Evgen Polanski (talaffuzi: Yevgeniy Polanski; 1986-yil 17-martda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, asosan yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Bundesligadagi 12 mavsum davomida Borussia Mönchengladbach, 1. FSV Mainz 05 va „TSG 1899 Hoffenheim“ klublarida jami 254 oʻyin oʻtkazdi va 14 gol urdi.

Polanski Polsha terma jamoasi safida Yevro-2012da maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati



Polanski goʻdakligida oilasi Germaniyaga koʻchib oʻtgan va sakkiz yoshida Borussia Mönchengladbach klubining yosh toifadagi jamoasiga qoʻshilgan. 2004—2005-yilgi mavsumda, 2005-yil 12-fevralda asosiy jamoada ham, Bundesligada ham debyutini, „Werder“ga qarshi safarda oʻtkazdi. Klubi 2:0 hisobida magʻlub boʻldi, bu Polanskining mavsumdagi yagona uchrashuvi edi.

Polanski professional jamoadagi birinchi golini 2005-yil 19-noyabrda Leverkusenning Bayer 04 jamoasiga qarshi oʻyinda (1:1) urgan. 2007—2008-yilgi mavsumda toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi.

2008-yil iyun oyida „Borussia“ bilan shartnomasi tugagach, Polanski La Liga vakili „Getafe CF“ bilan shartnoma tuzishga rozi boʻldi. Oʻzining birinchi va yagona mavsumida madridliklar quyi ligaga tushib ketish zonasidan atigi bir pogʻona yuqoriroq holatda tugatgan.

2009-yil 12-iyunda Polanski 1. FSV Mainz 05 ga ijaraga berildi. Biroq, keyingi oyda, shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.

2013-yilning 25-yanvarida Polanski yuqori divizion jamoasi — TSG 1899 Hoffenheimga qo‘shildi va 2015-yilning iyunigacha shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati



Polanski Germaniyaning turli yoshlar darajasidagi jamoalarida asosan sardor sifatida oʻynagan. 2006-yilgi UEFA Yevropa chempionatida 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoada asosiy futbolchi boʻlgan. Serbiya va Chernogoriyaga qarshi oʻyinda uzoq masofadan ajoyib gol urgan.

2011-yilning may oyida Polanski Polsha milliy futbol terma jamoasida oʻynashni niyat qilganini tasdiqladi. 26-iyul kuni uni bosh murabbiy Franciszek Smuda Gruziyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuviga chaqirdi va 10-avgust kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda debyut qildi.

Faoliyat statistikasi



Klubda




Klubda




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz