Yevgeniy Petin




Evgeniy Vladimirovich Petin (1975-yil 29-yanvar) — uch hatlab sakrash va uzunlikka sakrash bo‘yicha o‘zbekistolik yengil atletikachisi. 1996—2000-yillardagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.  

Tarjimai holi



Evgeniy Petin 1975-yil 29-yanvarda tugʻilgan.

U 1996-yili Atlantadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Uch hatlab sakrash bo‘yicha saralash bahslarida Petin 15,89 metr natija bilan 38-o‘rinni egalladi.

Yevgeniy 1997-yilda Afinada o‘tkazilgan jahon chempionatida uch hatlab sakrash bo‘yicha ishtirok etib, (16,13 natija bilan) 32-o‘ringa chiqadi.  

1998-yilda Bangkokdagi yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi. U uch hatlab sakrash bahslarida bronza medali sohibi tailandlik Nattaporn Namkanxega 29 santimetrni boy berib, (16,13 natija qayd etib) 5-o‘rinni tutadi. Uzunlikka sakrashda 7,35 metr natija ko‘rsatib finalga chiqadi, biroq negadir unda ishtirok etmaydi.  

2000-yilgi Sidneyda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qo‘shiladi. Uch hatlab sakrash bo‘yicha saralashda (15,27 naija bilan) u 34-o‘rinni egallaydi.

O‘sha yili Jakartada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida (15,53 natija ko‘rsatib) 10-o‘rinni egalladi.

shaxsiy rekordlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz