Yevgeniy Navrotskiy




Yevgeniy Lvovich Navrotskiy (1886, Kiyev — 1921.1.2, Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekistonda oʻrta tolali gʻoʻzaning dastlabki seleksiya navlarini yaratgan. Andijon tajriba dalasi seleksioneri (1912—20). Russel va Triumf amerika gʻoʻza navlaridan koʻp marta tanlash usuli bilan Navrotskiy [(0100), 1913] va Navrotskiy zafari (Triumf Navrotskogo, 0251), 1915] navlarini chiqardi. Navrotskiy yaratgan gʻoʻza navlari paxtachilikning rivojlanishida katta rol oʻynadi va 20-asrning 20-yillaridan Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda ekilgan asosiy navlar boʻldi.

N.ning asosiy ilmiy ishlari gʻoʻza navlarini yaratish va sinash masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz