Yevgeniy Korchits




Yevgeniy Vitoldovich Korchits (belaruscha: Яўгеній Вітольдавіч Корчыц; 1880–1950) B elarus sovet olimi, BSSR fanlar Akademiyasi aʼzosi, BSSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.

Tarjimai holi




Yevgeniy Korchits 1880-yil 29-martda Toshkentda tavallud topgan. 1904-yilda Peterburg universitetini, 1910-yilda esa Moskva universitetini tamomlagan, shundan soʻng viloyat shifokori boʻlib ishlagan. So'ngra Harbiy gospitallarda jarroh boʻlib, birinchi jahon va fuqarolar urushlarida qatnashgan.

Korchits 1922-yildan Petrograd tibbiyot institutida dars bergan. 1926-yilda Belarus SSRga koʻchib oʻtib, dastlab Belarus davlat universitetining tibbiyot fakultetida, soʻngra Minsk davlat tibbiyot institutida dars bergan. U kafedra mudiri lavozimida ham ishlagan. Korchits 1927-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1929-yilda professor lavozimiga tasdiqlandi. 1936-yildan 1947-yilgacha Belarus SSR jarrohlar ilmiy jamiyatiga rahbarlik qildi. 1939-yilda Korchitsga xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoni berildi.

Korchits Ulugʻ Vatan urushi boshida Toshkentga evakuatsiyaga yuborildi hamda Toshkent shifokorlarni takomillashtirish institutining jarrohlik kafedrasining mudiri boʻldi. Minsk ozod etilganidan soʻng Minsk davlat tibbiyot institutida ishlashga qaytdi. U yerda gospital jarrohlik kafedrasining mudiri, Belarus SSR fanlar Akademiyasi nazariy va klinik tibbiyot institutining katta ilmiy xodimi boʻldi. Korchits 1947-yilda Belarus SSR fanlar Akademiyasining aʼzosi boʻldi.

Korchits Belarus tarixida birinchi marta inson yuragida operatsiya oʻtkazdi. Respublika onkologiya xizmatining asoschilaridan biri boʻlib, unda birinchi onkologiya dispanseri va noqonuniy stansiya tashkil etdi. Jarrohlik sohasida koʻplab ilmiy ishlar muallifi boʻlgan

U ikki marta Mehnat Qizil bayroq ordeni va bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz