Yevgeniy Kondratyev
Yevgeniy Vladimirovich Kondratyev — (1946-yil 14- fevralda tugʻilgan — 1968-yil 3-sentyabrda vafot etgan) oʻq otish boʻyicha sovet sportchisi, miltiqdan otishga ixtisoslashgan, jahon va SSSR chempioni, Yevropa chempionati gʻolibi. SSSRning xalqaro toifadagi sport ustasi.
Tarjimai holi
Yevgeniy Kondratyev yigirma yoshida otish boʻyicha milliy terma jamoaga aʼzo boʻlgan.
Rossiya) tomonidan oʻq otish poligonida ov miltiqlaridan otish boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi oʻrinni egallagan (200 ta nishondan 194 tasini urgan).
rejalashtirilayotgan Olimpiada oldidan oʻtkazilayotgan mashgʻulot jarayonida milliy terma jamoadagi hamkasbi Igor Bakalov tomonidan tasodifiy ravishda otib qoʻyilgan va halok boʻlgan.
Voqea joyida boʻlgan guvohlarning soʻzlariga koʻra, Bakalov xavfsizlik boʻyicha belgilangan koʻrsatmalar asosida omborda merganlar uchun allaqachon tayyorlab qoʻyilgan toʻpponchani oladi va uni tashqariga olib chiqishi taqiqlanligi sabab shu yerning oʻzida sinovdan oʻtkazmoqchi boʻladi.
Atrofida boshqa odamlar borligi uchun sportchi qurolni hech kim yoʻq boʻlgan tomon — yaʼni eshik tarafga qarab yoʻnaltiradi. Oʻsha vaziyatda tasodifan Kondratyev qurol-yarogʻ omboriga kirib qoladi va Bakalovning otgan oʻqi unga kelib tegadi. Bakalov oʻz pozitsiyasidan uni koʻrmay qolgan.
Kondratyev Toshkentdagi 1-qabristonga dafn etilgan.
Sportchi xotirasiga bagʻishlab har yili Toshkent shahrida Ye. Kondratyev nomidagi xotira kechasi uchun tanlov oʻtkazilib kelinadi.
Sportdagi yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org