Yevgeniy Kamenev
Tarjimai holi
Kamenev Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi farmatsevt (kazaklardan), onasi savdogar.
1927-yilda Oʻrta Osiyo universitetining (SAGU) fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirdi. Soʻngra kasallik (tropik bezgak) tufayli Leningrad sanoat institutiga (LII) koʻchib oʻtdi va uni 1934-yilda tugatib, mutaxassislik diplomini oldi. Yevgeniy radiofizika sohasida tadqiqotchi muhandis boʻlgan. 1932-yildan radiofizika laboratoriyasida ishlagan.
1936-yilda OSOAVIAXIM uchuvchilar va planerlar maktabini tamomlagan. 1939-yilda LPI tavsiyasiga koʻra "Hurmat Belgisi" ordeni bilan taqdirlangan.
Yevgeniy Kamenev 1939–1940 va 1941–1946-yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan, Sovet-Fin va Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, uch marta Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan.
Yevgeniy 1951-yildan uran izotoplarini ajratish uchun sentrifugalarni yaratishda ishtirok etdi. 1953-yildan boshlab yadroviy qurolning atmosfera sinovlarini masofadan qayd etish masalalari ustida ishlagan.
uz.wikipedia.org