Yevgeniy Cheremisin
Yevgeniy Gennadyevich Cheremisin (1988-yil 29-fevralda tugʻilgan, Naberejnye chelni, Tatar ASSR) — rossiyalik futbolchi , darvozabon. Oʻzbekiston oliy ligasida 30 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
Faoliyati
Chelnidagi „Zarya“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiyi Gennadiy Andreevich Kadilskiy. Professional futbolga Nijnekamskning „Neftekhimik“ jamoasi bilan kirib kelgan. Klub bilan 2005-yilda Rossiya kubogi oʻyinlarida va 2006-yilda ikkinchi divizionda debyut qilgan. Nijnekamsk jamoasida ikki mavsum davomida u milliy chempionatlarda 36 oʻyin oʻtkazgan.
2008-yilda u Qozonning „Rubin“ klubiga oʻtdi. Klubda Rossiya chempionatida jamoas bilan asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida birorta ham oʻyin oʻtkaza olmadi. Mamlakat kubogida u bitta oʻyinda ishtirok etdi — 2010-yil 13-iyulda Astraxanning „Volgar“ jamoasiga qarshi . 2010-yilda Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi boʻldi. Rubin-2 va Rubin jamoasi tarkibida chempionatda 39 ta oʻyin oʻtkazdi va 44 ta gol oʻtkazib yubordi. Fakel Voronezh ijaraga oʻtdi, jamoada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2014-yilda esa Neftekhimik klublariga oʻtdi, klubda birorta ham oʻyinda maydonga tushmadi. Shu yil FC KAMAZ klubiga qoʻshildi.
2015-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtdi. U O‘zbekiston oliy ligasidagi debyut uchrashuvini 2015-yil 14-mart kuni „Sho‘rtan“ga qarshi oʻyinda o‘tkazdi. Mavsum davomida u barcha 30 uchrashuvni asosiy tarkibda oʻtkazdi. Jamoasi bvilan soʻnggi bir necha yil ichida eng yaxshi natija — beshinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Biroq mavsum yakunida xorijlik darvozabonlarning O‘zbekiston chempionatida o‘ynashi taqiqlangani bois, darvozabon „Neftchi“ni tark etishga majbur bo‘ldi.
2017-yil boshida u Belorussiyaning „Isloch“ klubiga koʻrikka borgan, ammo transfer muvaffaqiyatli amalga oshirilmagan. 2018-yilda Oʻzbekiston superligasi vakili Qizilqum klubiga qoʻshildi. Klubda 43 ta oʻyinda maydonga tushdi. klubda 2 mavsum oʻynadi. Sonʼg, Qirgʻizistonning Kaganat klubiga oʻtdi.
Yutuqlari
Havolalar
uz.wikipedia.org