Yevgeniy Berzin




Yevgeniy Valentinovich Berzin (tugʻ. 1970-yil 3-iyun, Viborg, SSSR ) — sovet va rossiyalik velosportchi, Yevropaning uchta eng nufuzli koʻp kunlik poygalaridan (Jiro d’Italiya) birida gʻolib chiqqan Rossiyaning birinchi vakili. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1990).

Biografiya



Yevgeniy Berzin 1970-yil 3-iyunda Viborg shahrida tugʻilgan. U 1977-yilda maktabning boshlangʻich sinflarida oʻqib, velosiped haydash bilan shugʻullana boshlagan. SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy A. Gusyatnikov rahbarligida sport mashgʻulotlaridan oʻtgan. 1988-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya va jahon chempionatlarida gʻolib chiqgan.

Sport martabasi



Yevgeniy oʻzining eng katta muvaffaqiyatiga 1994-yilda professional faoliyatini boshlaganidan soʻng erishdi, oʻshanda u kutilmaganda Rossiya va sobiq Sovet velosipedchilari orasida birinchi boʻlib Giro d’Italiya velopoygasi gʻolibiga aylandi. Oʻsha poygada u uch bosqichda gʻolib chiqdi, 19 kun davomida peshqadamlik qildi va natijada italiyalik Marko Pantani va ispaniyalik Migel Indurain kabi mashhur raqiblarini ortda qoldirdi.

Keyingi yili xuddi shu velopoygada Yevgeniy 2-boʻldi. 1996-yilda „Tur de Frans“ poygalarining birida gʻalaba qozonib, ikki kun davomida poyga peshqadami boʻldi. 1997-yil 19-oktyabrda Berzin Bordeauxda trekdagi soatlik poygada rekord oʻrnatishga harakat qildi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz boʻldi. Sport martabasini tugatgandan soʻng, u Italiyada yashab, u yerda avtomobillar sotish bilan bogʻliq biznes bilan shugʻullangan. 2007-yilda u Oleg Tinkov jamoasida oʻynashni hohlab, sport martabasini davom ettirish niyatida edi, ammo jamoaga 37 yoshli Berzin kerak emas edi. Shu bilan sportchining velosportdagi faoliyati yakunlandi.

Asosiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz