Yevgeniy Belov
Yevgeniy Vladimirovich Belov (1942-yil 18 -iyul, Krasnoyarsk, SSSR — 2015-yil 19-iyun, Moskva, Rossiya) — rus diplomati. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Faxriy yorlig'i soʻvrindori (2010-yil).
Biografiya
Yevgeniy 1942-yil 18-iyulda Krasnoyarsk oʻlkasining Znamenka shahrida tavallud topgan.
1959-yildan — Moskva viloyati 61-sonli mexanizatsiya boʻlimining duradgori.
1966-yil — Moskva energetika institutini tamomlagan. Oʻsha yildan — Moskva viloyati, Kaliningrad shahridagi eksperimental muhandislik markaziy konstruktorlik byurosining muhandisi.
1970-yildan — komsomol shahar qoʻmitasi birinchi kotibi.
1974-yildan — KPSS shahar qoʻmitasining sanoat va transport boʻlimi mudiri. Soʻngra, 1977-yildan KPSS Kaliningrad shahar qoʻmitasi kotibi etib tayinlangan.
1985-yil — SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasini tamomlagan.
1985-yildan esa SSSRning Mozambik Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi, SSSR Tashqi ishlar vazirligining katta maslahatchisi, Rossiyaning Turkmanistondagi elchixonasi maslahatchisi-elchisi.
1996-yil 3-oktyabr — 2000-yil 28-aprel — Rossiya Federatsiyasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
Yevgeniy Belov 2000-yil noyabrdan 2003-yil iyulgacha Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Federatsiya, parlament va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar sub’ektlari bilan aloqalar departamenti direktori.
2003-yil 28-iyul — 2009-yil 14-iyul — Rossiya Federatsiyasining Minsk shahridagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining normativ va boshqa organlaridagi doimiy vakili (Belarus).
Yevgeniy Tarix fanlari nomzodi. Undan tashqari, u fransuz va portugal tillarini yaxshi bilardi.
Yevgeniy Vladimirovich Belov 2015-yil 19-iyunda Moskva shahrida vafot etgan.
Diplomatik daraja
Mukofotlar
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org