Yevgeniy Baranovskiy
Yevgeniy Nikolayevich Baranovskiy (1907.15(28).3, — 1981.5.9, Moskva] — balet artista, baletmeyster. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1955). Dastlab sirkda akrobatlik qilgan. 1929—39 yillarda Toshkent opera va balet teatrida raqqos, ayni vaqtda Ye. Obuxovadan mumtoz raqs, Usta Olim Komilov, M. Turgʻunboyevadan oʻzbek raqsini oʻrgangan. 1939—48 yillarda Navoiy teatri baletmeysteri. Baranovskiy Oʻzbek Davlat filarmoniyasi (1949—56) va Muqimiy teatrida (1956—68) bosh baletmeyster. Bir qancha balet va musiqali dramalar raqslarini sahnalashtirgan. Uning „Baliqchi“, „Oq oltin“, „Mirzachoʻl“, „Paxtakor“ kabi estrada raqslari ham mashhur. 1939—43 yillar M. Turgʻunboyeva bilan hamkorlikda „Paxta“, „Xorazm raqsi“, „Askarlar“, „Tanavor“ kabi raqslarni yaratgan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Yevgeniy Baranovskiy — o‘zbek tilida ma’lumot berish uchun, avvalo, uning kimligi va faoliyati haqida aniqlik kiritish kerak. Ammo, agar siz Yevgeniy Baranovskiy haqida ma'lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, uning sohasini yoki faoliyati haqida qo‘shimcha ma'lumot bering. Chunki shu ism bilan turli sohalarda ishlaydigan shaxslar bo‘lishi mumkin.
Agar Yevgeniy Baranovskiy haqida aniqroq ma'lumot so‘ragan bo‘lsangiz, masalan, u qaysi sohada mashhur (ilm-fan, sport, san’at, siyosat yoki boshqa), sizga uzoqroq va batafsilroq ta'rif bera olaman.
Iltimos, o‘zingizga kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirib qayta murojaat qiling.