Yevenko




Viktor Ivanovich Yevenko (1925.2.3, Toshkent — 1986.19.8) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1967). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1946—50). Rassomlik faoliyatini Ikkinchi jahon urushi frontlarida boshladi. Oʻzbek xalqining tarixi ("Bek kelayapti", 1954), mehnati ("Qarzdorligi uchun", 1954; "Hosil" 1955)ga bagʻishlangan asarlari bor. 50-yillarning oxirlaridan, asosan, grafikada ijod qildi. Bir qator badiiy asarlarni bezadi (R. Fayziyning "Choʻlga bahor keldi" qissasi, A. Almatinskayaning "Zulm", Oybekning "Qutlugʻ qon", Asqad Muxtorning "Opa-singillar" romanlari va b.), dolzarb mavzularda plakatlar yaratdi ("Tinchlik va doʻstlik", 1957; "Odamlar, tinchlikni saqlang", "Paxta", 1966; "Neytron bombasiga yoʻl yoʻq", 1979; "Oq oltinning yuksak sifati uchun", 1981 va b.), jamoat binolari interyerlarini, koʻrgazma va bayramlarni bezatishda samarali ishladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz