Yetuk amaliy grammatika
„Advanced Grammar in Use“ („Yetuk amaliy grammatika“), toʻliq nomi
„Advanced Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Advanced Learners of English“ („Yetuk amaliy grammatika: Ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirgan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“) — Martin Hewings qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1999-yil Cambridge shahrida Cambridge universiteti nashriyotida chop etilgan. Asarga qoʻshimcha ravishda alohida mashqlar toʻplami ham tayyorlangan.
„Advanced Grammar in Use“ oʻquvchilar va tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Xususan, muallif murakkab qoidalarni qisqa va loʻnda tilda hamda ilmiy atamalardan oz qoʻllangan holda tushuntirib bergani olqishlandi. Qoʻllanma bir necha marta qayta nashr qilingan va ingliz tilini oʻrganishda eng keng qoʻllaniladigan asarlar qatoriga kiradi. Uchinchi nashrga kiritilgan qoidalar va soʻz birikmalarini tuzishda muallif millionlab soʻzni oʻz ichiga oluvchi Cambrdige til korpusiga tayangan.
Nashrlari
Birinchi nashr
„Advanced Grammar in Use“ kitobining ilk nashri 1999-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor hamda mashqlar javoblari yoʻq versiyalari mavjud. Birinchi nashr 120 bobdan iborat.
Ikkinchi nashr
„Advanced Grammar in Use“ kitobining ikkinchi nashri 2005-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, CD-ROM diskli, bir foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat, koʻp foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat versiyalari mavjud. Ikkinchi nashr 100 bobdan iborat.
Uchinchi nashr
„Advanced Grammar in Use“ kitobining uchinchi nashri 2013-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq hamda mashqlar javoblari bor va elektron kitob va audioyozuvlar tirkalgan versiyalari mavjud. Uchinchi nashr ham ikkinchi nashr singari 100 bobdan iborat.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org