YETTIURUG’



YETTIURUG’ — o’zbek qipchoqlar tarkibidagi yirik urug’lar guruhi. Asosan, Zarafshon daryosining o’rta oqimida, qisman Toshkent vohasida yashagan. Yettiurug’ qozoq va qirg’izlar tarkibida ham bor. Yettiurug’ Oytamg’ali, Qo’shtamg’ali, Sirg’ali, qamchili, juvonli, samanotli, cho’michli urug’laridan iborat bo’lgan. Yettiurug’ tarkibidagi bu urug’nomlari o’zbeklarning boshqa yirik qabilalari tarkibida ham uchraydi. Masalan, Oytamg’ali Qo’ng’irot, Do’rmon, quramada; Qo’shtamg’ali-Nayman, yuz, Surxondaryo viloyatida yashovchi Chag’atoy va boshqa qabilalarda. Yettiurug’ o’zbek xalqi tarkibiga singib ketgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz