YETTISUV



YETTISUV (qozoqcha Jetisu) — Qozog’istonning Janubiy-Sharqiy qismi. Shimolda Balxash ko’li, shimoli-Sharqda Sassiqko’l va Olako’l, Janubi-Sharqda Jung’ariya Olatovi tizmasi, Janubda shimoliy Tyanshan tizma tog’lari hamda g’arbda ChuIli tog’lari bilan chegaralangan. Yettisuv atamasi Balxash ko’liga qo’yiladigan 7 Daryo (Ili, Qoratol, biyon, Oqsuv, Lepsa, Baskon, Sarqand) dan olingan. Yettisuvning shimoliy- g’arbiy va shimoliy tekislik qismi Tovqum, Sarieshiko’trov, Luqqum, Yomonqum kabi qumli va qisman sho’rxok cho’llardan iborat. Shuvoq-sho’ra, saksovulzor va butazorlar, Daryo bo’ylarida to’qaylar, Janubi- sharqida 2000 metrgacha balandlikda bargli o’rmonlar, yuqorirokda qarag’ayzor va Alp hamda subalp o’tloqlari bor. Tarixiy manbalarda Yettisuv deganda ancha katta hudud (Chu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Yettisuv — Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi markazlaridan biri. Yettisuvda saklar, keyinchalik usunlar yashagan. Milodiy 6-asr oxirlarida Yettisuvda G’arbiy Turk xoqonligi, keyinchalik turkashlar (8-asrning o’rtalarigacha) va qarluqlar (766 — 940) hukmronlik qilishgan. Yettisuvni 10-asrning o’rtalaridan Qoraxoniylar, 12-asrning 30-yillaridan Qoraxitoylar boshqargan. Mo’g’ullar bosqinchiligi davri (1219-21)da Yettisuvning dehqonchilik vohalari va shaharlari qattiqzarar ko’rgan. 16-asrda Yettisuvda qozoqlarning Katta juzi tashkil topgan. 19-asrning o’rtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz