YETTIQASHQA — o’zbek qipchoqlar tarkibidagi urug’lardan biri. 16— 17-asrlarda Janubiy Qozog’iston (Qulon va Qarqara) da yashagan. 18-asr boshida qalmoqlar hujumi natijasida Yettiqashqaning katta qismi boshqa qipchoq urug’lari bilan birga Sirdaryoning yuqori oqimiga, dastlab, Toshkent vohasiga, so’ng Farg’ona vodiysiga ko’chib, tog’ etaklarida yashagan. Yettiqashqaning bir qismi esa hozirgi Qirg’iziston (Issiqko’l bo’yi) ga o’rnashdi va keyinchalik qirg’izlar tarkibiga qo’shilib ketdi. O’zbekiston Respublikasi hududida yashagan Yettiqashqa o’zbeklar tarkibiga singib ketgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish