Yetti Yillik Urush




Yetti yillik urush (1756—1763) — XVIII asrning katta voqeasi, Yangi davrning eng katta urushi. Yetti yillik urush harakatlari Yevropa va okean ortida: Shimoliy Amerikada, Vest Indiyada, Hindistonda, Filippinda olib borilgan. Urushda oʻsha paytdagi Yevropaning barcha buyuk davlatlari, oʻrtac va kichik davlatlar, bir qancha hindular qabilalari qatnashgan. Uinston Cherchill tomonidan urush „Birinchi Jahon urushi“ deb atagan. Urushni kolonial (Britaniya imperiyasi, Fransiya va Ispaniyaning kolonial maqsadlari toʻqnashganligi sababli), birinchi okop (urushda koʻplab redutlar, okoplarning ishlatilganligi sababli) va birinchi artilleriya (artilleriya katta miqdorda ishlatilganligi sababli) urushi deb ham atashadi.

Yevropadagi Avstriya va Prussiya qirolligi oʻrtasida asosiy raqobatga Avstriya tomonidan oldingi Sileziya urushlarida yoʻqotilgan Sileziya sababchi boʻlgan. Shu sababli bu urushni Uchinchi Sileziya urushi deb ham atashadi. Shved tarixchiligida urush Pomeraniya urushi (shvedcha: Pommerska kriget), Kanadada Bosqinchilik urushi (inglizcha: The War of the Conquest) va Hindistonda Uchinchi Karnat urushi (inglizcha: The Third Carnatic War) deb nomlanadi. Shimoliy Amerikadagi urush harakatlarini Fransuz-hindu urushi deb atashadi.

Urushga „yetti yillik“ degan nomni XVIII-asrning 80-yillarida olgan, u paytgacha urushni „yaqinda boʻlgan urush“ deb atashgan.

YeTTI YILLIK URUSh (1756-63) — Avstriya, Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Saksoniya va Shvesiya bilan Prussiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya oʻrtasida boʻlgan urush. Angliya va Fransiyaning oʻzga hududlar uchun kurashi hamda Prussiya siyosiy manfaatlarining Avstriya, Fransiya va Rossiya manfaatlari bilan toʻqnashuvi tufayli kelib chiqqan. 1761-y.da Prussiya halokat yoqasida edi, ammo yangi rus imperatori Pyotr III u bilan sulh uzgan (1762) (Yekaterina II uni bekor qilgan, birok, urushni davom ettirmagan). Shiddatli kurashlar mustamlakalarda va dengizda ham sodir boʻlgan. Prussiya Gubertusburg sulhi (1763) ga asosan, Saksoniya bilan Sileziyani oʻziga qoʻshib olgan. Parij tinchlik bitimi (1763) ga asosan, Fransiyadan Buyuk Britaniyaga Kanada, Sharqiy Luiziana, fransuzlarning Hindistondagi mulklarining koʻp qismi oʻtgan. Ye.y.u.ning asosiy natijasi — Buyuk Britaniyaning Fransiya ustidan mustamlaka va savdo sohasidagi kurashda qozongan gʻalabasi boʻlgan.

Urush sabablari




Yetti yillik urush eʼlon qilinmasidanoq Yevropada emas, balki okean ortida boshlangan. 1754—1755-yillarda Shimoliy Amerikadagi anglo-fransuz kolonial raqobati ingliz va fransuz kolonistlari oʻrtasidagi chegara toʻqnashuvlariga olib keldi. 1755-yilning yozida toʻqnashuvlar ochiq urush harakatlariga (qarang Fransuz-hindu urushi) aylanib ketdi. Unda ittifoqchi hindular bilan birga doimiy harbiy boʻlinmalar qatnasha boshlashdi. 1756-yilda Buyuk Britaniya Fransiyaga qarshi rasmiy tarzda urush ochdi.

Ittifoqlar oʻzgarishi




Bu urush Yevropadagi tashqi-siyosiy ittifoqlar tizimini buzib, koʻplab Yevropa davlatlarini oʻz tashqi ittifoqlarini oʻzgartirishga majbur qildi. Avstriya va Fransiya oʻrtasidagi qitʼada yetakchi boʻlish uchun doimiy raqobat uchinchi kuch: Prussiya paydo boʻlishi boʻlishi bilan pasaya boshladi. Prussiyada hokimiyat tepasiga 1740-yilda Fridrix II kelishi bilan Prussiya Yevropa siyosatida yetakchi boʻlishga harakat qila boshladi. Fridrix Sileziya urushlarida gʻalaba qozonib Avstriyaning eng boy viloyatlaridan biri Sileziyani tortib oldi. Bu gʻalaba natijasida Prussiya hududi 118,9 ming km²dan 194,8 km²ga kengayib, aholisi 2 240 000 mingdan 5 430 000ga yetdi. Tabiiyki, Avstriya Sileziya yoʻqotilishiga shunday qarab tura olmasdi.

Fransiyaga qarshi urush ochgan Buyuk Britaniya 1756-yilda Prussiya bilan ittifoq tuzdi. Bu ittifoq ingliz qirolining qitʼada mulki boʻlgan Gannoverni Fransiyadan himoya qilish uchun tuzildi. Fridrix Avstriya bilan urushni muqarrar deb bilganligi va oʻz resurslari cheklanganligi bilganligi sababli „ingliz oltini“ni tanladi. U shuningdek, bu bilan Britaniya taʼsiri kuchli boʻlgan Rossiyani urushga aralashtirmaslik uchun harakat qildi. Britaniyaning Rossiyaga taʼsirini juda yuqori baholab yuborgan Fridrix oʻzining ingliz-pruss ittifoqi bilan Fransiyaning jahli chiqishini oʻylamadi. Natijada Fridrix qitʼadagi eng kuchli uch davlat ittifoqiga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Bu ittifoqni u „uch xotin ittifoqi“ deb atagan ([[Mariya Tereziya), Yelizaveta Petrovna va madam Pompadur). Dushmanlarini shunday deb mazah qilgan Fridrix oʻz kuchlariga judayam ishonmagan: oʻzining askarlari soni kam boʻlgan, piyoda qoʻshinlari kuchsiz boʻlgan itifoqchi Angliya puldan boshqa hech narsani Prussiyaga bera olmasdi.

Ingliz-pruss ittifoqi tuzilishi Avstriyani oʻzining raqibi Fransiya bilan birlashtirishga majbur boʻldi. Sileziya urushlarida Prussiyani qoʻllab-quvvatlab, Avstriya kuchini sindirish uchun oʻz qoʻlidagi oʻyinchoq qilmoqchi boʻlgan Fransiya uchun Prussiya dushmanga aylandi. Yangi tashqi-siyosat muallifi oʻsha paytlardagi mashhur Avstriya diplomati graf Kaunits boʻldi. Fransiya va Avstriya oʻrtasida Versalda ittifoq tuzildi. 1756-yilda bu ittifoqga Rossiya ham qoʻshildi.

Prussiyaning kuchayishi Rossiya tomonidan uning gʻarbiy chegaralariga xavf tugʻilishi deb qabul qilindi. Avstriya bilan yaqin aloqalar, 1746-yilda imzolangan ittifoq bitimi boʻlajak urushda Rossiya kimning tarafdori boʻlishini aniqlashtirib qoʻygandi. Anʼanaviy yaqin aloqalar Angliya bilan ham mavjud edi. Shunisi qiziqki urush boshlanmasidanoq Prussiya bilan diplomatik aloqalarni uzgan Rossiya butun urushda davomida Angliya bilan diplomatik aloqalarni uzmaydi.

Na Avstriya, na Fransiya va na Rossiya Prussiyani yoʻq qilishni xohlamasdi, lekin, ularning maqsadi Prussiyani Sileziya urushlarigacha boʻlgan chegaralarga qaytarish edi. Shunday qilib, ittifoqchilarning maqsadi Avstriya vorisligi uchun urushda vayron qilingan qitʼadagi eski siyosiy munosabatlarni tiklash edi. Umumiy dushmanga qarshi birlashgan bu uch davlat oʻzlarining anʼanaviy tushunmovchiliklarini esdan chiqarmadilar. Prussiyaning urushda butunlay magʻlub boʻlmasligiga ham raqiblar orasidagi dushmanlik va kelishmovchiliklar sabab boʻldi.

Bu urushni David va „Goliaf“ oʻrtasidagi kurash deb ham atashgan. Fridrix IIning 200 000 askari va yollanma 50 000 Gannover askarlariga dushmanning 419 000 askari bor edi. Shu urushdan soʻng Fridrix „Buyuk“ degan nom oldi.

Asosiy ishtirokchilar



Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna






Avstriya imperatori Mariya Tereziya






Prussiya qiroli Fridrix II






Fransiya qiroli Lyudovik XV






Angliya qiroli Georg II




Urushning Yevropa teatri




1756-yil: Saksoniyaga hujum




1756-yilda tomonlar kuchlari

Dushmanlari oʻz askarlarini toʻplamasidanoq Fridrix II 1756-yil 29-avgustda Avstriya chegaradoshi Saksoniyaga toʻsatdan bostirib kirib, Saksoniyani egalladi va urush harakatlarini boshladi. 1756-yil 11-sentabrda Yelizaveta Petrovna Prussiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 9-sentabrda prusslar Pirnada turgan sakson armiyasini oʻrab olishdi. 1-oktabrda saksonlarga yordamga kelayotgan feldmarshal Broun boshchiligidagi 33,5 ming kishilik Avstriya armiya Lobozitsda magʻlub etildi. Qiyin ahvolda qolgan 18 000 kishilik Saksoniya armiyasi 16-oktabrda taslim boʻldi. Asir qilib olingan sakson askarlari majburan Prussiya armiyasiga oʻtkazildi. Keyinroq ular dushman tarafga oʻtib ketishlari orqali Fridrixga „rahmat aytishadi“.tasvir:Seven years war.gif|left|thumb|300 px|Yetti yillik urush Yevropada]]

Yarimta armiya korpusiga teng armiyasi boʻlgan va Polshadagi doimiy muammolarga uchrab yuradigan (sakson kurfyursti Polsha qiroli ham edi) Saksoniya Prussiyaga umuman xavf tugʻdirmasligi aniq edi. Fridrixga Saksoniyaga qarshi agressiyasiga quyidagilar sababchi boʻldi:

1757-yil: Kolin, Rosbah va Leytendagi janglar, Rossiya urush harakatlarini boshlaydi



1757-yilda tomonlar kuchlari

Manbalar




Shuningdek




Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz