Yetti shikoyat
Yetti shikoyat (manjurcha: ᠨᠠᡩᠠᠨ ᡴᠣᡵᠣ nadan koro; xit. an’anaviy 七大恨, pinyin: Qī Dà Hèn), shuningdek
Xitoydan nafratlanishning yetti sababi — 1618-yil 7-mayda Manjur davlati asoschisi Oysingoro Nurxatsi tomonidan tuzilgan manifest. Bundan oldin u manjur beklari (beyle) oldida quyidagi gaplarni aytadi:
Qarorim shuki, biz shu yil albatta Min imperiyasini ishg‘ol qilamiz!
(xit. an’anaviy 吾意已决,今岁必征大明国!)
Shu davrdan manjurlarning Xitoyga qarshi yurishlari boshlanadi. Nurxatsi Ningyuan jangida mag‘lub bo‘lishi va oqibatda vafot etishiga qaramasdan, manjurlar Xitoyga qarshi kurashni davom ettirganlar. Natijada Nurxatsining nabirasi Shunchji Xitoyni egallaydi, uning o‘g‘li Kansi esa 1683-yilda Tayvanni egallab bosqinchilik urushlariga barham beradi.
Matni
Havolalar
uz.wikipedia.org