“YETTI ERKIN SAN’AT” (lotincha “septem artes liberates”) — o’rta asrlar maktablarida va universitetlarning “artistik” (tayyorlov) fakultetlarida o’rgatiladigan o’quv fanlari. 2 bosqich — trivium (grammatika, ritorika, dialektika) va kvadrivium (arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa)dan iborat bo’lgan. “Yetti erkin san’at” antik davrdayoq shakllangan. O’rta asrlar davrida dinning hukmronligi ortishi va madaniyatning inqirozi sababli qadimgi davr olimlari tomonidan ilmning bu sohalariga qo’shilgan boy mazmun diniy maqsadda foydalaniladigan oddiy ma’lumotlarning cheklangan mikdoridan iborat qilib qo’yildi. Uyg’onish davrida ishlab chiqarish ehtiyojlari ortishi tufayli ta’limning mazmuni o’zgardi. “Yetti erkin san’at” ning dunyoviy shakli tiklandi. “Yetti erkin san’at” tizimi o’rnini asta-sekin mumtoz gimnaziyalar tizimi egalladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish