Yets




W. B. Yeats , toʻliq ismi William Butler Yeats (talaffuzi: Uilyam Batler Yits) (1865.13.6, Sandimaunt, Dublin yaqinida — 1939.28.1, Rokbryun, Fransiya) — irland shoiri va dramaturgi, simvolizm namoyandasi. 90-yillardagi „Irland uygʻonish davri“ madaniy harakatining tashabbuskori va qatnashchisi. Birinchi milliy teatr asoschisi. Irland adabiyot akademiyasini tashkil etishda qatnashgan. Y. ijodi irland folklori bilan mustahkam aloqada rivojlangan: „Ossianning sarguzashtlari“ (1889) dostoni, „Sirli atirgul“ (1897) sheʼriy toʻplami va b. „Xulienning qizi Ketlin“ (1902) pyesasida irland xalqining milliy ozodlik harakati qoʻllabquvvatlangan. „Minora“ (1928), „Aylanma zina“ (1933) sheʼriy toʻplamlarida tushkunlik kayfiyati seziladi. Ijodida kelt mifologiyasiga murojaat qilgan, bu unga milliy irland adabiyotini qayta tiriltirish imkonini berdi. Y. oʻzining sahna asarlari bilan sheʼriy dramaning taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshdi. Umrining soʻnggi yillaridagi asarlarida ramziy obrazlarning koʻpligiga qaramay, kiborlar jamiyatidagi ikkiyuzlamachilik va riyokorliklar qoralanadi. Nobel mukofoti laureati (1923)..

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz