YETIMTOG’ QABRISTONLARI
YETIMTOG’ QABRISTONLARI – Jizzax viloyati hududidagi tog’ nomi bilan atalgan qadimgi qabristonlar (miloddan avvalgi 1-ming yillik). Yetimtog’ yaqinida jami 3 ta qabriston bor: Yetimtog’ I, II, III. Har bir qabriston 5-10 ta qabrqo’rg’ondan iborat. Yetimtog’ I 1970 yil Jizzax arxeologiya otryadi tomonidan o’rganilgan. Undagi 6 qabrqo’rg’ondan bittasi qazilgan. Uning ichidan yonma-yon ikkita qabr qoldig’i topildi. Qabrqo’rg’onning shimoliy- g’arbiy devori orasidan miloddan avvalgi 7-asrga oid uch qirrali jez paykon (o’q uchi), devorning shimoliy qismidan esa qo’lda yasalgan sopol idish bo’laklari va jez zebziynat buyumlari topildi. Yetimtog’ II, III qabristonlarida qazish ishlari olib borilmagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz