YETIM TOBULG’I
YETIM TOBULG’I (Spiraea pilosa) -ra’nodoshlar oilasiga mansub buta. Bo’yi 30-70 santimetr. Barglari oddiy, teskari tuxumsimon, ba’zan rombsimon, bo’yi 4-20 millimetr, eni 3-18 millimetr, tukli. Gullari soyabonsimon yoki qalqonsimon to’p gulda joylashgan. Iyun—iyulda gullaydi. Mevasi avgustda yetiladi. Tog’ yon bag’irlarida, archazor va yong’oqzorlarda, shag’alli ochiq yerlarda o’sadi. O’zbekistonda Toshkent viloyatining tog’li tumanlarida tarqalgan. Yetim tobulg’i shirali va manzarali o’simlik hisoblanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz