Yesipov Ivan Nikolayevich




Yesipov Ivan Nikolayevich (1901.4.2 — Toshkent — 1963.6.10) — opera xonandasi (bas), Oʻzbekiston xalq artisti (1952). Toʻliq diapazonli, yoqimli ovoz sohibi. Moskva va Tbilisi konservatoriyalarida oʻqigan. Toshkent rus opera va balet teatri (1939—48), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1948— 60) yakkaxoni. Alovuddin Shoshiy (A. Kozlovskiy, "Ulugbek"), Boris Godunov (M. Musorgskiy, "Boris Godunov"), Ivan Susanin (M. Glinka, "Ivan Susanin"), Gremin (P. Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin"), Storojev (T. Xrennikov, "Boʻronda"), Mefistofel (Sh. Guno, "Faust"), Nilikanta (L. Delib, "Lakme") va b. partiyalarni mahorat bilan ijro etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz