Yesil (tuman, Oqmoʻla viloyati)





Yesil tumani  — Oqmoʻla viloyatining gʻarbiy qismida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,8 ming km². Aholisi 26,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 3,3 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Yesil shahri.

Aholisi



Aholisi 26,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 3,3 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)

Iqlimi



Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18ºS. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm.

Ijtimoiy soha



Tumanda umumiy bilim beruvchi 31 ta maktab, musiqa va sport maktablari, 3 ta kasbiy-texnik maktab, klublar va madaniyat uylari, mehmonxona, tibbiyot mahkamalari, sanitar-epidemiologiyalik stansiya, 14 ta feldsher-akusherlik, 9 ta shifokorlik punktlar bor.

Aholi punktlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz