Yeryong’oq qanday o’sadi?



Agar yeryong’oq qo’zog’iga razm solinsa, u xuddi loviya yoki no’xatnikiga o’xshaydi. Darhaqiqat, yeryong’oq o’sha o’simliklar oilasiga mansub. Yeryong’oq buta holida o’sadi, uning gullari ham no’xat gullarini eslatadi. Gul yaproqlari so’lishi bilan qo’zoqning bir qismi cho’zilib ketadi va uchi tuproqqa botadi. U yerda uch yanada kattalashadi va urug’lar yetiladi. Shuning uchun ham yong’oq termoqchi bo’lsangiz, yerni kovlashingizga to’g’ri keladi. Yeryong’oqlar qayerdan paydo bo’lgan? Ularning vatani Janubiy Amerika bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas. Yeryong’oq — juda ko’hna o’simlik. Perudagi tarixdan oldingi davrlarga mansub go’rlardan yeryong’oq va unga o’xshatib naqshlar ishlangan idishlar topilgan. U o’sha yerdan Afrikaga, so’ngra Amerika Qo’shma Shtatlariga borib qolgan bo’lsa ajab emas. Bugungi kunda yeryong’oq AQSh janubida Floridadan Kaliforniyagacha bo’lgan hududlarda yetishtiriladi, shimolda esa mamlakat poytaxti Vashington shahrigacha tarqalgan. Yeryong’oq, shuningdek, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikada ham yetishtiriladi. Uning odatiy turlari sirasiga qo’zog’i katta va qizg’ish tusdagi Virjiniya yong’og’i va nisbatan kichikroq Ispan va Shimoliy Karolina yong’ogi kiradi. Yeryong’oq yaxshi o’sishi uchun sovus bo’lmaydigan uzoq vaqt kerak. Yeryong’oh uzoq qurg’oqchilikka ham chidamli va koni foyda ekindir. Har gektar yerdan 100 — 150 gektolitr hosil olish mumkin. Yeryong’oqdan yong’oq yog’i olinadi, u tuzlab yoki qovurib qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Ammo undan boshqa maqsadlarda ham foydalaniladi. Yong’oq yog’i sabzavot salatlari, sho’rva va margaringa qo’shiladi. Uy hayvonlarini ham u bilan boqish mumkin. U bo’yoq, siyoh va rezina o’rnini bosadigan narsalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Yeryong’oh kech kuzda ekiladi va sovuq tushishidan oldin mashinalar yordamida yig’ishtirib olinadi. Qurigan qo’zoqlarni mashina chaqib beradi. Chet mamlakatlarda ba’zida yong’oqlarni kovlab olish uchun dalalarga cho’chqalar qo’yib yuboriladi.


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi


Uzpedia.uz