Yeryong'oq
Yeryongʻoq , Xitoy yongʻogʻi (Arachis hupogaea L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, moyli ekin. 10 dan ortiq turi bor. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan mintaqalarida oddiy turi ekiladi. Vatani — Janubiy Amerika (Braziliya). 16-asrda Jan. Amerikadan Osiyoga, soʻng Yevropaga (Xitoydan) tarqalgan. Ye. yo. Hindiston, Xitoy, Myanma (Birma), Yaponiya, Markaziy va Shimoliy Afrika, AQSH, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Jahon boʻyicha umumiy ekin mayd. 24,7 mln. ga, oʻrtacha hosildorligi 13,4 s/ga, yalpi hosili 33 mln.t(1999).
E.yo.ning ildizi oʻq iddiz, tuproqqa 2 m. chuq.ga kirib boradi, azot toʻplovchi tugunaklar hosil qiladi. Poyasi oʻtsimon, bal. 50—60 sm, shoxlangan, tik, yon shoxlari yer bagʻirlab oʻsadi. Bargi murakkab, juft patsimon, yoki teskari tuxumsimon shaklda. Har bir barg qoʻltigʻida gultoʻplam (shingil) joylashgan. Gullari ikki jinsli, kapalaksimon; rangi sariq, zargʻaldoq. Yer tagidagi gullari (kleystogamli gullar) ochilmaydi, oʻzidan changlanadi. Yer ustidagi gullari esa chetdan changlanadi. Guli changlangandan keyin tugunchasi avval tik, soʻng pastga qarab oʻsadi, 8—10 sm chuqurlikda tuproqqa kirib boradi va meva (dukkak) tugadi. Dukkagida 1—6 gacha urugʻi boʻladi. 1000 dona urugʻining vazni 200—1500 g (oʻrtacha 400—500 g). Dukkagi chatnamaydi. Bir tupda 700 gacha dukkak boʻladi. Ye.yo.— issiqsevar, namsevar, yorugʻsevar va qisqa kun oʻsimligi. Qumoq va unumli tuproqlarga talabchan, shoʻrlangan va botqoqlangan yerlarda yaxshi oʻsmaydi. Urugʻi 12—15° da unib chiqadi, maysasi — G sovuqda nobud boʻladi. Oʻsuv davri 150—170 kun. Oʻzbekistonda Ye.yo. sugʻoriladigan yerlarga ekiladi, hosildorligi 20—40 s/ga.
E.yo. mevasi tarkibida 48—66% yogʻ va 23—38% oqsil, 22% gacha uglevodlar bor. Urugʻi aksariyat qovurilgan (dukkagi bilan yoki tozalanib) holda isteʼmol qilinadi. Urugʻi va yogʻi qandolatchilik mahsulotlari (xolva, konfet) i. ch.da ishlatiladi. Ye. yo. tuproqda biol. azot toʻplab, tuproq unumdorligini oshiradi.
Agrotexnikasi chopiq qilinadigan ekinlarnikiga oʻxshash. 2—3 marta haydalib boronalangan maydonlarga bahorda (apr. oxirida) ekiladi. Fosforli va azotli oʻgʻitlarga talabchan. Urugʻi yoki dukkagi makkajoʻxori yoki chigit seyalkalarida keng qatorlab (60—70 sm) 70x10, 70x15 sxemasida har uyaga 7—8 yoki 4—5 tadan urugʻ tashlab 5—7 sm chuqurlikka ekiladi. Gektariga 70— 100 kg urugʻlik sarflanadi. Oʻsish davrida 4—6 marotaba sugʻoriladi. Qator oralariga ishlov beriladi, oʻsuv davrida 2—3 marta chopiq qilinadi, ildiz boʻgʻzi tuproq bilan koʻmilsa hosildorlik ancha oshadi.
Navlari: Toshkent 112, Toshkent 32, Perzuvan 4612, Qibray 4.
Kasalliklari va zararkunandalari: asosan kasallik va zararkunandalardan kam zararlanadi. Oʻrgimchakkana xavfli zararkunanda hisoblanadi.
Adabiyot
Halima Otaboyeva.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Yeryong‘oq (lotincha nomi: Arachis hypogaea) — yeryong‘oq oilasiga mansub yillik yoki ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, uning urug‘lari oziq-ovqat va yog‘ ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Yeryong‘oq o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning urug‘lari tuproq ostida rivojlanadi. Bu o‘simlik asosan tropik va subtropik iqlim sharoitida yetishtiriladi.
Yeryong‘oqning biokimyoviy tarkibi va foydalari
Yeryong‘oq urug‘lari oqsil, yog‘, uglevod va mineral moddalar bilan boy. Ayniqsa, u sog‘lom yog‘ kislotalari (mononoqonga to‘ygan yog‘lar), vitamin E, B guruhi vitaminlari va magniy, fosfor, rux kabi minerallarni o‘z ichiga oladi. Yeryong‘oq yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda, immun tizimini mustahkamlashda va umumiy salomatlikni yaxshilashda foydali sifatga ega.
Yeryong‘oqni yetishtirish xususiyatlari
- Iqlim va tuproq: Yeryong‘oq iliq iqlimni, yaxshi drenajlangan, qumloq va lo‘llangan tuproqni yaxshi ko‘radi.
- Ekish va parvarishlash: Yeryong‘oq urug‘lari bahorda ekiladi va hosil yoz oxiri yoki kuzda olinadi. O‘simlikning gul ochgandan so‘ng mevalari tuproq ostida rivojlanadi, shuning uchun urug‘larni hosil qilish uchun tuproq yaxshilab parvarishlanishi kerak.
- Hosildorlik: To‘g‘ri parvarishlangan yeryong‘oqdan yuqori hosil olish mumkin. Uning urug‘lari yog‘ ishlab chiqarishda ham, oziq-ovqat sifatida ham foydalaniladi.
Yeryong‘oqdan foydalanish
- Oziq-ovqat sanoatida: Yeryong‘oqni qovurib, sho‘rva, salatlar, shirinliklar va non mahsulotlarida ishlatishadi. Bundan tashqari, yeryong‘oq moyi va yeryong‘oq yog‘i tayyorlanadi, ular pishirishda hamda yeryong‘oq pesto va qaymoqlarni tayyorlashda qo‘llaniladi.
- Sanoatda: Yog‘ yetishtirish uchun yeryong‘oq sanoatda muhim xomashyo hisoblanadi.
- Hayvonlar ozuqasi sifatida: Qoldiq va o‘simlik qismi hayvonlar uchun ozuqa sifatida ishlatiladi.
Yeryong‘oqning oziqlanishdagi ahamiyati uning yuqori biologik qiymatli oqsil manbai bo‘lishi va yog‘ kislotalari tarkibi tufayli sog‘liq uchun foydali ekanligi bilan bog‘liq. Shuningdek, allergiya bo‘lgan kishilar uchun ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilinishi tavsiya etiladi.
Umuman olganda, yeryong‘oq ko‘plab sohalarda qo‘llaniladigan foydali o‘simlikdir va to‘g‘ri parvarish qilinsa, yaxshi hosil beradi.