Yerusti halqa yoʻli
Halqa yoʻli — Toshkent metropoliteni yoʻllaridan biri. Toshkent shahri atrofidagi avtomobil halqa yo'liga monand tarzda qurilayotgani uchun ham shunday nomlangan. Birinchi bosqichi 2020-yil 29-avgustda yoʻlga qoʻyilgan. Bu yoʻl yana 4 bosqichda qurilishi rejalashtirilgan.
Doʻstlik-2 bekatidan Qoʻyliq bekatigacha boʻlgan mazkur yoʻnalish uzunligi 11 km boʻlib, 7 ta bekat (“Do'stlik-2” va ”Bekat-2,3,4,5,6,7”) barpo etilgan. Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu yoʻnalish kuniga 46,000 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.
Bekatlar
Bekatlar milliy kolorit asosida, oʻziga xos dizaynda qurilgan. Ular yoʻlovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yoʻl kira haqini elektron toʻlash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan.
Harakat tarkibi
Halqa yoʻlida 4 vagonli 5 ta poyezd harakatlanadi.
Kelajakdagi loyihalar
Yerusti Halqa yoʻli metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million AQSh dollaridan ziyod. Bu yoʻlning jami uzunligi qariyb 55 km boʻlib, bekatlari soni 35 ta boʻladi. Loyiha quyidagi 5 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
https://kun.uz/news/2020/08/31/zamonaviy-texnopark-kengayayotgan-metropoliten-qayta-qurilayotgan-yollar-toshkentdagi-yangi-loyihalar-taqdim-qilindi
Toshkent Metropolitenini kengaytirish loyihasi bilan tanishish mumkin.
Manbalar
uz.wikipedia.org