Yernazar Olako'z




Ernazar Olakoʻz (taxminan 1806—1856) — Qoraqalpoqlarning qoldovili urugʻidan boʻlgan biy, Qoraqalpoq xonligini tashkil etgan (1855—1856).

Tarix



Xiva xonligida 1855-yili boshlangan ichki kelishmovchiliklar ortidan xonlik tarkibidagi turkmanlar markaziy hokimiyatga qarshi harakat boshladi, xonlikning shimoliy hududlarida ham davlatdan ajratilib chiqishga urinishlar boʻlib unga Yernazar Olakoʻz boshchilik qildi. Yernazar Olakoʻz Xivaning ilgarigi xonlari davrida oʻzining gʻayratli ekanligini koʻrsatib xonlar tarafidan eʼtirof etilib, qoraqalpoqlar orasida katta obroʻ toʻplagan. U qoraqalpoqlarni Xiva xonligidan ajratib olish niyatida 1855-yil oʻrtalarida Xiva xoniga qarshi gʻalayon koʻtargan. Amudaryoning oʻng sohilida Qoraqalpoq xonligini tuzib, Zorliq toʻrani xon, oʻzini esa unga bosh vazir deb eʼlon qilgan. 1856-yil fevralda Xiva xoni Sayd Muhammadxon Xoʻjayli yonida Ernaz boshchiligidagi qoʻshinlar va uning ittifoqdoshi turkmanlar ustidan gʻalaba qozondi. Xonlikga sodiq qoraqalpoq biylari tarafidan Zorliqtoʻra hokimyatdan chetlashtirilgan. Muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Ernazar Olakoʻz Amudaryoning quyi oqimida oʻzi barpo etgan qoʻrgʻonda 6 oylik qamalda qolgan, oxir oqibat qoʻrgʻon himoyachilari tarafidan hoyinlik yoʻli bilan oʻldirilgan, yetakchilaridan ayrilgan xalq Xiva xonligiga qayta boʻysuntirilgan.

Manbalar




2. S.K. Kamalov, Karakalpaki v XVIII-XIX vekax Tashkent, 1968.

Havolalar



Oydoʻstbiy

Qoraqalpoqlar

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz